Yangiliklar

Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi

Xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida Oqbuloq mahallasi hududida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur yutuq munosabati bilan maktab jamoasi 75 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov ham ishtirok etib, g‘oliblarga mukofotni tantanali ravishda topshirdi.

Deputat o‘z so‘zida o‘quvchilar va ustozlarning erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etib, ular bilan faxrlanishini bildirib o‘tdi. Shuningdek, kelgusida ham yoshlarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash muhim ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 3