Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “14-O‘rikzor” saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan tumandagi “O‘rikzor”, “Ko‘ksaroy” hamda “Zarafshon” mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.
⏺ O‘rganishlar davomida “O‘rikzor” mahallasi hududidagi 6-tor Bositxon ko‘chasi bo‘ylab D-160 mm, L-280 p/m eskirgan suv tarmoqlari kapital ta’mirlangani, shuningdek, Nurafshon ko‘chasi 7-uy oldida 1 dona yong‘in o‘chirish moslamasi almashtirilgani ko‘zdan kechirildi.
🔎 Shuningdek, “Ko‘ksaroy” mahallasi hududida — Navo va 5-tor Navo ko‘chasi, 19-uy oldida 1 dona yong‘in o‘chirish moslamasi yangilangani aniqlandi. Bundan tashqari, mazkur hududda 1-tor Navo va Navo ko‘chalari kesishmasida joylashgan VK №28653 ichimlik suvi qudug‘iga lyuk oboyma o‘rnatilgani nazorat qilindi.
✅ “Zarafshon” mahallasi hududida esa Samarabonu ko‘chasi 4-uy oldida joylashgan VK №29098 ichimlik suvi qudug‘iga lyuk oboyma o‘rnatilgani ham o‘rganildi.
↗️ Mazkur o‘rganishlar hududda ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.