💬Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, "mahalla yettiligi"ning aholi farovonligini oshirishdagi natijadorligiga e’tibor qaratildi.
🔅Jumladan:
🔵Hokim yordamchisi faoliyati:
Kredit: Mahalladagi 6 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish va kichik tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 10 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bandlik: Olib borilgan tizimli ishlar natijasida 8 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi.
O‘quv: Kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan 5 nafar fuqaro maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.
🔵Xotin-qizlar faoli faoliyati:
Ijtimoiy himoya: I chorak davomida ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj 136 nafar ayol "Ayollar daftari"ga kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Oila barqarorligi: Mahalladagi nizoli vaziyatda bo‘lgan 4 ta oila yarashtirilib, sog‘lom muhit tiklanishiga ko‘maklashildi.
Himoya: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish maqsadida 4 nafar ayolga "Himoya orderi" berildi.
🫥O‘rganish davomida deputat va mutaxassislar mahalla mas’ullarining ish faoliyatini tahlil qilib, kelgusida aholi muammolarini hal etishda yanada faol bo‘lish, xususan, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar berdilar.