Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-37-7-95-K/26-son qarori bilan tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan yordamlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Mazkur qaror Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti asosida qabul qilinib, yoshlarning muammolarini hal etish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Kengash tomonidan ayrim muammolar ham ochiq tanqid qilindi. Xususan, 2025-yilda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 46 taga yetgani, ayrim jinoyat turlari ortgani hamda 261 nafar jinoyat sodir etishga moyil yoshlar mavjudligi qayd etildi.
Shu sababli qaror bilan:
✅ 807 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash;
✅ 410 nafar yoshga kredit ajratish;
✅ jinoyat sodir etishga moyil yoshlar bilan individual ishlash;
✅ yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
✅ yosh xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish va qo‘llab-quvvatlash;
✅ sport, madaniyat va IT yo‘nalishlaridagi loyihalarni kengaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Eng muhimi, ushbu vazifalar endilikda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining rasmiy qarori bilan belgilandi va uning ijrosi doimiy nazoratga olindi.
Bu qaror orqali Kengash yoshlar masalasi faqat yig‘ilishlarda emas, balki aniq raqamlar, manzilli vazifalar va amaliy yechimlar asosida ko‘rib chiqilayotganini namoyon etdi. Tumanda har bir yoshning ta’lim olishi, kasb egallashi, ish topishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi Kengash e’tiboridagi eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)