Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❇️ Kun tartibida quyidagi masala ko‘rib chiqildi:
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17- dekabrdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan Buvayda tumanida qoʻshimcha aniqlangan gʻolib loyihani maʼqullash toʻgʻrisida
🔹Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari hamda deputatlar tomonidan qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mazkur masalalarni xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi