Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Do'squlova Dilbar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Pangat saylov okrugi deputati tomonidan Nurli Pangat mahallasidagi A. Aripov, Pangatopod hamda Baxmalobod ichki yo‘llarining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu yo‘llarning uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holga kelgani, ayrim qismlarida chuqurlik va notekisliklar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirayotgani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumlarida muammolar yanada kuchayishi ta’kidlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘llarni ta’mirlash, asfalt qoplama yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4