Oliy Majlis Senati a’zosi Odiljon Mamatkarimov hamda jamoat fondi vakili D. Ne’matov Kosonsoy tumanida davlat grantlari doirasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ob’ektlardagi mavjud muammolarni o‘rgandilar.
🔹 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat.
🔹 Jumladan, Xonqo‘rg‘on MFYda qarovsiz va tashlandiq holda bo‘sh turgan bino o‘rnida:
📚 ma’naviyat va ma’rifat markazi;
📖 zamonaviy kutubxona;
🏋️♂️ vorkaut (workout) maydonchasi tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqildi
🔹 O‘rganishlar jarayonida:
👥 xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari;
🏢 Kengash kotibiyati xodimlari
🤝 mutasaddi tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdilar.
✨ Bu kabi tashabbuslar hududlarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, aholiga yanada keng imkoniyatlar yaratish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi