Yig‘ilishda tuman hayoti uchun muhim bo‘lgan qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan:
🔹 Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish hamda 2026 yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida Kosonsoy tumanida geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasining takliflari muhokama qilindi.
🔹 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 2026 yil 23 fevraldagi qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xususan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
🔹 Kosonsoy tumanining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ekologik “Master-reja”sini tasdiqlash masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan har bir masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
📌 Qabul qilingan qarorlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududdagi mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.