Yangiliklar

Vobkent tumanida yerdan samarali foydalanish boʻyicha oʻrganishlar olib borildi

🚜 Ushbu oʻrganishlar davomida:

🔹 aholi tomorqalaridan samarali foydalanish,

🔹 gʻalla parvarishi holati,

🔹 pilla yetishtirish jarayonlari,

🔹 chigit ekish ishlarining borishi hamda umuman yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari oʻrganildi.

📊 Joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

👨‍🌾 Shuningdek, aholi bilan muloqotlar oʻtkazilib, tomorqadan unumli foydalanish, daromadni oshirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini koʻpaytirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

✅ Bu kabi oʻrganishlar orqali yerdan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

📌 Mazkur yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 11