Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-“Toshhovuz” saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehqonova Toshhovuz mahallasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar va ularning natijadorligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etdi.

#24_ta_masala

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-“Toshhovuz” saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehqonova Toshhovuz mahallasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar va ularning natijadorligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etdi.

Muloqot jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularning har biri yuzasidan holatlarni o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2