Toshloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va markaziy dehqon bozorida kundalik aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan go‘sht mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishini oldini olish maqsadida Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi Tursunboy Soliyev tomonidan o‘rganish ishlari borildi.
O‘rganish jarayonida aholi uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navolari, sifati, shuningdek bozorlarda ularning yetarli darajada ta’minlanganligi tahlil qilindi. Mahsulotlarni yetkazib beruvchi sotuvchilar bilan suhbatlar olib borilib, narxlar o‘sishining oldini olish va aholiga barqaror oziq-ovqat ta’minotini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.