Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati J.Shermatov tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida Muqimiy ko‘chasida joylashgan eski transformatorni yuqori quvvatli yangi transformatorga almashtirish, eskirgan havo elektr uzatish liniyalari, simlar va yog‘och ustunlarni yangilash hamda ta’mirlash zarurligi aniqlangan.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi.
Ushbu so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, mazkur ishlar tuman Elektr tarmoqlari korxonasining 2026-yilga mo‘ljallangan dasturlari asosida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.