O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati ham o‘rganildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.