Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bog‘ishamol MFYda lotok o‘rnatish ishlari nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi raisi Islombek Boydavlatov tomonidan Bog‘ishamol MFY hududida olib borilayotgan infratuzilma ishlari, xususan, yo‘l chetlariga lotok (suv oqizish tizimi) o‘rnatish jarayoni joyiga chiqib nazorat qilindi.

🔎 O‘rganish davomida aniqlanishicha, hududda yog‘ingarchilik paytida suv to‘planib qolish holatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus lotoklar o‘rnatish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda mazkur jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🛠 Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — yomg‘ir va oqova suvlarni samarali chiqarib yuborish, yo‘llarning tez yemirilishining oldini olish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishdan iborat.

✅ Nazorat jarayonida:

olib borilayotgan qurilish ishlari sifati;

texnik talablarga rioya etilishi;

ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

📌 Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hududda suv to‘planish muammosi bartaraf etilishi, yo‘llarning holati yaxshilanishi hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratilishi kutilmoqda.

📝 Mazkur masala shahar Kengashi raisi tomonidan doimiy nazoratga olingan.