#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva tomonidan Tomoyrot mahallasida joylashgan 43-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning ta’lim-tarbiyasi, oziqlantirish sifati hamda tarbiyachilar faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, guruh xonalari jihozlanishi, o‘yin maydonchalari, sanitariya-gigiyena holati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi alohida e’tiborga olindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)