Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengash raisi Kayumov Xayrulla Zabixullayevich hamda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tomonidan “Banokatiy” MFY hududida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.
Mirobod tumani hokimligi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish va mavjud muammolarni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.