Yangiliklar

Shahrisabz tumani: Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida

📍 Shahrisabz tumani: Aholi murojaatlari — deputat e’tiborida

✅ Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Sabohat Abdunazarova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Alisher Sa’dullayev hamda hamkor tashkilot vakillari “Obod” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

⚡️ Infratuzilma: Mahalla ahlining elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha murojaatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

🏠 Yer va mulk huquqi: Tuman kadastrlar palatasi vakili tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni (o‘zboshimchalik bilan egallangan yer va inshootlarga huquqlarni e’tirof etish) bo‘yicha fuqarolarga batafsil tushunchalar berildi.

Slide 1 of 2