Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat T.Qodirov tomonidan “Oqbuloq” mahallasi hokim yordamchisining faoliyati, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar eshitildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.