Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov o‘zi saylangan 4-Sovot saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashdi.
🔹Uchrashuvda mahalla faollari hamda tegishli tashkilot hodimlari qatnashib, hududda mavjud masalalar yuzasidan aholi bilan bevosita suhbat olib borildi.
🔹Ochiq muloqot davomida hududdagi infratuzilma kommunal soha bandlik yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash tadbirkorlikka ko‘maklashish ijtimoiy himoya tibbiy xizmat va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar aholini eng ko'p qiynab kelayotgan dolzarb muammolar o‘rtaga tashlandi.
🔹Uchrashuvda ko‘tarilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovi shakllantirilib, ijrosi shaxsan X. Tilakov nazoratiga olindi.
🔹Xalq bilan muloqot muammolar yechimining eng to‘g‘ri yo‘lidir!