Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

👩🎓 Qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabbusi bilan 35-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir mahalla faollari va maktab rahbariyati hamkorligida o‘tkazilib, unda o‘quvchi qizlar bilan ochiq va samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. 👩‍🏫✨

Suhbat davomida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar egallashi, huquqiy savodxonligi hamda jamiyatdagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 🤝

Bunday uchrashuvlar yoshlarning barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. 🌿

Slide 1 of 3