Yangiliklar

#Mahalla bilan muloqot — natijaga eltuvchi yo‘l!

🔹Bekobod tumani Isfara MFYga Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi, Bekobod tumani Mahallalar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Yo. Mo‘minova boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Har bir yo‘nalish kesimida mavjud imkoniyatlar, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4