Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Salomov "Obikor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni rivojlantirish, ijtimoiy muammolar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Suhbat ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining muhim qismi bo'lib, ular orqali aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, muammolar o'z vaqtida aniqlanib, samarali yechim topishiga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berilib, kelgusida ham saylovchilar bilan doimiy muloqot davom ettirilishi bildirildi.

Slide 1 of 8