Aholi farovonligini oshirish, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va mahallalarda ijtimoiy faollikni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Zulfiyaxon G`ofurova o`z saylov okrugi hududida joylashgan G`ayrat mahalla fuqarolar yig`inida bo`lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o`rgandi. O`rganish jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta`minlash, huquqiy savodxonligini yuksaltirish va oilalarda sog`lom ma`naviy muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.