#Deputat_faoliyati
# Mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov “Ko‘lto‘sin” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla faollari bilan suhbatlashib, aholining ehtiyojlarni o‘rganib chiqdi.
Shuningdek, uchrashuvda mahalla bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni birgalikda hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Deputat, joriy yil davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlar natijalarini kuzatib borish va fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lish zarurligini ta’kidladi.
Ushbu uchrashuv fuqarolar bilan bevosita aloqani kuchaytirish, hamkorlikni mustahkamlash va tuman rivojiga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)