Yangiliklar

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

 Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Gulshanda Bobomurodova masʼul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Muruntov mahallasiga tashrif buyurib, aholining holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni taʼminlash va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha murojaatlar tinglandi. Xotin-qizlarni kasb-hunar kurslariga jalb etish, yoshlarni ish bilan taʼminlash hamda mahalla hayotini yaxshilashga oid masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar o‘rganilib, masʼullarga
tegishli topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 2