Yangiliklar

“Soǵlom muhit va soǵlom hayot” mavzusida davra suhbati

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxtako‘pir tumani partiya tashkiloti tomonidan “Soǵlom muhit va soǵlom hayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir tumandagi 36-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda partiya tumani Kengashi raisi B. Baymbetova, Ayollar klubi etakchisi N. Urazımbetova hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati A. Pirjanova ishtirok etdilar.

Davra suhbatini kirish so‘zi bilan ochib bergan B. Baymbetova partiya tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. U, shuningdek, sog‘lom muhitni ta’minlashda fuqarolarning faolligi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1