Kegeyli
tumani hokimligi majlislar zalida sessiya ochildi. Sessiyada tuman Kengashi
deputatlari, fuqarolar yig‘ini raislari, muassasa, korxona rahbarlari va
ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya majlisi kun tartibida;
- Kegeyli tumanida amalga oshiriladigan 2-bosqich
"drayver" loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash
haqida.
- Tuman
hokimligida qonunchilik hujjatlari bo‘yicha ijro intizomini ta’minlash
choralari to‘g‘risida.
-
Tashabbusli byudjet jarayonining 2025 yilgi ikkinchi ovoz berish yakuni bilan
"g‘olib" deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida.
- Kegeyli
tumani hududida "Yashil bog‘lar" tashkil etish to‘g‘risida.
- O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-133-sonli qarorining tumanda bajarilishi
to‘g‘risidagi, shuningdek, Kengash vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ko‘rib
chiqilib fikr-takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.