Angor tumanidagi 2-maktabda "Bilimlar kuni" bayramida 93 nafar bolaga Prezident sovg‘asi
topshirildi. Yaxshi ta’mirlangan shinam va ko‘rkam xonalarda yangi stol-stullar
qo‘yilgan. O‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
O‘qituvchilar va ota-onalarni "Milliy tiklanish" partiyasidan deputat, nuroniy
Norquvvat To‘rayev, mehnat faxriysi Tursunboy To‘raboyev tabrikladi. Shuningdek
ular bitiruvchi sinf o‘quvchilariga "Kelajak soati" mashg‘ulotlarini
o‘tdi.