Yangiliklar

“Bilimlar kuni” ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

 Respublikamizdagi barcha maktablar qatori Urganch shahridagi 19-sonli umumta’lim maktabida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

 Tantanali marosimda so‘zga chiqqan xalq deputatlari shahar kengashi deputati, “Adolat” SDP Urganch shahar Kengashi raisi R.I.Baltayev o‘quvchilar safiga qabul qilingan yoshlarni qutlab, vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrga ega bo‘lgan, barkamol inson bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdi. 

Shuningdek, maktabga ilk qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi. 

 

 

Slide 1 of 1