Yangiliklar

“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»

Bugun yurtimizda, xususan Kosonsoy tumanidagi barcha maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘iroqlari chalindi. Jumladan, Kosonsoy tumani MMTBga qarashli 35-sonli umimiy o'rta ta'lim maktabida “Vatan uchun ,xalq uchun ,millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda 16- Go’rmiron saylov okrugi deputati Dilfuza Valiyeva, ustoz muallimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji bolajonlarga o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda 16- Go’rmiron saylov okrugi deputati Dilfuza Valiyeva, keyingi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub ijobiy o‘zgarishlar yuksak samaralar berayotganligini ta’kidlab, yangi o’quv yilida ta’lim muassasasi faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Slide 1 of 7