Yangiliklar

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 7-UMUMTA’LIM MAKTABDA TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

 1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati M.Mordanova
7-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida
deputat yosh avlodni milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda ta’lim muassasalarining roli beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, deputat maktab o‘quvchilari va o‘qituvchi-jamoasini bayram bilan samimiy tabriklab, davlatimiz rahbarining sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, kuy-qo‘shiqlar va vatanparvarlik ruhida o‘tdi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10