Yangi 2025–2026-o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida Boyovut tumanidagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida keng qamrovli yangilanish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Dilfuza Uralova 15- va 46-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➡️ Maktablarda o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhit yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu yo‘nalishda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
➡️ Shu bilan birga, ta’lim maskanlari atrofida obodonlashtirish, xavfsizlik choralari va muhitni yaxshilash bo‘yicha ham ijobiy o‘zgarishlar olib borilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar — yurtimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamlardandir.