Yangiliklar

DEPUTAT AXBOROTI YETTILIK HISOBOTI

🔵Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 12-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Bobojonov Qobiljon Mamadiyevich Parchayuz mahalla saylovchilari oldida joriy yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

🔵Shuningdek, mahalla yettiligining 6 oy mobaynida barcha yo‘nalishlarda obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar yuzasidan hisobotlari eshitildi. 

🔵Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi mahalla yettiligi va deputatlar hamkorlikdagi saʼy harakatlar mahalla obodligi, yurt tinchligi uchun xizmat qiladi. Zero, aholi bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini masʼuliyat bilan o‘tashlari kerak.

Slide 1 of 4