O‘zLiDeP Ishtixon tuman Kengashi tomonidan tuman Pedagogika kollejida “Yangi O‘zbekistonning bunyodkor ayollari” shiori ostida “Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova,
O‘zLiDeP viloyat Kengashi mas’ullari Ishtixon tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Chinorova ishtirok etdi.
💬 Ishtirokchilar ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligi va tashabbuskorligi haqida o‘zlarining qimmatli maslahatlari va rag‘batlantiruvchi fikrlari bilan ma’naviy ko‘mak berishdi.
📢 Deputatlar ayollarning ijtimoiy jarayonlardagi faolligi, ularning yangi tashabbus va loyihalardagi muhim o‘rnini alohida ta’kidlashdi.
🌟 “Ishbilarmon ayol – 2025” tanlovi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.