DEPUTATLAR NAZORATI.
Doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 5-iyul kuni Хalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat, sport va axborot siyosati masalalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibi:
Sirdaryo viloyati hokimining 2025 yil 3 apreldagi “Aloxida ishlash talab etiladigan yoshlarni huquq-tartibot va mudofaa organlari,korxona va tashkilotlar,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirish orqali qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 03-1-66-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Sardoba tumanida amalga oshirilgan ishlar o'rganildi va ma'sul shaxslarga ogohlantirish xatlari chiqarildi.
Doimiy komissiyaning yig'ilishida kun tartibidagi masala tanqidiy muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi.