Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish

O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan:

deputatning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanishi uchun uning asosiy ish joyi bo‘yicha ish beruvchilarning mas’uliyati oshiriladi;

deputatning deputatlik faoliyati kafolatlarini bir yil davomida takroran buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytiriladi;

deputatning tegishli hududdagi moneliksiz kirishi mumkin bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilotlar doirasi hamda ularga kirish tartibi aniq belgilanadi;

qarorlar qabul qilish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid aniq normalar deputatlik odob-axloq qoidalarida o‘z aksini topadi.