Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvi ta’lim va iqtidor sohasidagi yangi islohotlar bilan yodda qoldi.
Jumladan, Jizzax viloyati yoshlarining oliy ta’limga kirish kо‘rsatkichi keskin yaxshilanib, mamlakat bо‘yicha yuqori о‘rinlarga kо‘tarildi. Xalqaro fan olimpiadalarida ham yurtimiz yoshlari 6 oy ichida 166 ta medalni qо‘lga kiritdi. Bunda Jizzax yoshlari ham faol ishtirok etib, о‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi dunyodagi top-300 oliygohga kirgan yoshlarimiz uchun о‘qish va yashash xarajatlarini qoplash, imtiyozli ta’lim krediti berish tizimi yо‘lga qо‘yiladi. Ayniqsa, STEM, energetika, qurilish, qishloq xо‘jaligi va arxitektura kabi ustuvor sohalar bо‘yicha kvotalar bir necha barobar oshiriladi. Banklar orqali yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratilishi ham ta’lim olishdagi tо‘siqlarni yengib о‘tishda katta yordam bо‘ladi. Tuman kengashi deputati sifatida yoshlarimizning bilim olishi, izlanishi va taraqqiyoti yо‘lida yaratilayotgan imkoniyatlarni yuksak baholayman. Bu — yangi avlod uchun ochilayotgan keng yо‘l va ulkan ishonch belgisidir.
Xalq deputalari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Isoqov Marat