Yangiliklar

“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor xokim” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan prezident farmoni jamiyat hayotini yaxshilashga xizmat qiladi!

Kengashning vakolatlarini kengaytiradi, Ijro hokimiyati organlarining esa mas’uliyati, hisobdorligi va tashabbuskorligini oshiradi;  

Kengash sessiyalari ochiq va oshkora o‘tkazilishi, xususan, fuqarolarga sessiyada kuzatuvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilmoqda, bu orqali jamiyat hayotining muhim masalalari muhokamasidan xabardor bo‘lishi ta’minlanadi;

xususan, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasini belgilash, yo‘llarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirish yoki kamaytirish, dafn etish xizmatlari bo‘yicha tariflarni belgilash vakolatlari mahalliy Kengashga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Mahalliy kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari tashkil etilishi, hududdagi yoshlarning muammolarini o‘rganish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur farmon davlat va fuqarolar o‘rtasida xalq xokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.       

Slide 1 of 1