Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Gulsara Rizayeva "Mirishkor" mahallasida joylashgan maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim xizmatlarini (xorijiy tillarga o‘qitish, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlar) joriy etish jarayonlari bilan tanishdi.
Maktabda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishga qaratilgan tashabbuslar, innovatsion ta’lim metodikalari va IT yo‘nalishidagi loyihalarning ahamiyati muhokama qilindi.
Shundan so‘ng deputat mahallaga murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilandi.