Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Xidirova Sadoqat Yunusaliyevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Do'stlik mahallasida “mahalla yettiligi” xodimlari bilan uchrashdi.
Mahallada saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish va aniqlangan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish yuzasidan "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar belgilab olindi.