22-Zarafshon okrugidan saylangan deputat B.Yulchev “Mustaqillik” va “Beshyuz” mahallalarida bo'lib, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi, yil boshidan bugungi kunga qadar har bir yo'nalishda olib borilgan ishlarning natijadorligi bilan tanishdi.
Mahalladagi mavjud muammo va amalga oshirilishi zarur bo'lgan masalalar yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlari bilan muammoni ijobiy hal etish bo'yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.