Bugungi kunda mamlakatimizda har bir soha bo‘yicha bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘z mevasini bermoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligida ham yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi yildan-yilga ortmoqda. Ayniqsa, g‘alla yetishtirish va uni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish jarayonlari doimiy e’tiborda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari ham bevosita g‘alla yig‘im-terimi jarayonida ishtirok etmoqda. Jumladan, deputat Turdiyev Zoyir tumandagi dalalarda amalga oshirilayotgan ishlarga yaqindan ko‘z tashlab, g‘allakorlar bilan suhbatlar olib bordi.