O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifa topshiriqlar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlarga asosan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati S.D.Boboyorova 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi to‘garak mashg‘ulotlar yoshlarning samarali yozgi ta’tilini tashkil etishga, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, qalblarida milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.