Xalq deputatlari Do’stlik tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Olimboy Xalilovich joriy yil 22 iyun kuni Doʼstlik tumani bolalari dam olayotgan Forish tumanidagi "Koinot" oromgohiga tashrif buyurib, tuman yosh avlodini yozgi taʼtilni mazmunli oʼtkazish, bolalarning salomatligini mustahkamlash hamda ular uchun munosib sharoit yaratilaganligini o‘rgandilar va tegishli maslahatlarini berib o‘tdilar.
Koinot oromgohi Nurota togʼlari bagʼrida, ekologik toza va xavfsiz hududda joylashgan boʼlib, bolalar uchun barcha qulayliklari, bolalar oromgohda nafaqat dam olish, balki turli maʼrifiy, sport va ijodiy tadbirlarda ham ishtirok etish imkoniga ega ekanliklari, tarbiyachilar, sport murabbiylari va sogʼliqni saqlash mutaxassislaridan iborat jamoa ularning har tomonlama mazmunli hordiq chiqarishlariga xizmat qilayotganligini takidladilar.