Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgan:
1. Boyovut tumani hokimining 2023-yil 19-oktabrdagi “Sariboyev O‘tkir Qodirqulovichni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga qabul qilish toʻgʻrisida” 317-9-123-Q/23-sonli qarori qarori tasdiqlash to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan tumanda tabiiy gaz hamda elektr energiyasini tejash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hamroqulova Mohinur Shuhrat qizining hisoboti to‘g‘risida.
4. Tuman ichki ishlar bo‘limining 2023-yil 3-choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan Boyovut tumani Xalq qabulxonasining 2023-yilning 3-choragida olib borgan faoliyati yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.
6. Boyovut tumani Adliya boʻlimining 2023-yilning 3-choragi yakuni boʻyicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida.
7. Boyovut tumani mahalliy budjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Usmanov Botirbek Baxromidinovichning hisoboti to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 7-apreldagi PQ-197-sonli “Tuman va shahar budjetlarining mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolar ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi qarorini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
9. Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar hisobidan ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida.
10. boshqa masalalar.