Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Boyovut tumani hokimining 2023-yil 19-oktabrdagi “Sariboyev O‘tkir Qodirqulovichni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qabul qilish toʻgʻrisida” 317-9-123-Q/23-sonli qarori qarori tasdiqlash to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan tumanda tabiiy gaz hamda elektr energiyasini tejash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hamroqulova Mohinur Shuhrat qizining hisoboti to‘g‘risida.

4. Tuman ichki ishlar bo‘limining 2023-yil 3-choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan Boyovut tumani Xalq qabulxonasining 2023-yilning 3-choragida olib borgan faoliyati yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

6. Boyovut tumani Adliya bo‘limining 2023-yilning 3-choragi yakuni bo‘yicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

7. Boyovut tumani mahalliy budjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Usmanov Botirbek Baxromidinovichning hisoboti to‘g‘risida.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 7-apreldagi PQ-197-sonli “Tuman va shahar budjetlarining mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolar ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi qarorini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

9. Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. 

10. boshqa masalalar.

Slide 1 of 15