OVULGA TASHRIF
XALQ BILAN MULOQOT — ASOSIY MAQSAD
🟢Uchquduq tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov mas’ullar hamrohligida Kokpatos ovulida sayyor qabul o‘tkazdi.
🟢Sayyor qabul davomida aholi muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlariga joyida yechim topildi, qolgan murojaatlar esa mutasaddilar nazoratiga olindi.
🟢Shuningdek, hokim va mas’ullar ovuldagi ijtimoiy soha obektlari — maktab, tibbiyot punkti va boshqa muassasalarning faoliyati bilan tanishdilar. Ularning holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
🟢Bunday uchrashuvlar hokimiyat bilan xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, joylarda dolzarb masalalarning hal etilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.