Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

DEPUTAT MAHALLADA

Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati N.Bobojanova mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda "Koʻnayoz" mahallasi "Porloq kelajak" koʻchasi 7-uyda istiqomat qiluvchi, "Ayollar daftari"ning 7-bosqichi 3-toifasiga kiritilgan Oygul Jumaniyozovna
Tangriberganovaning xonadonida boʻldi. Oʻrganish jarayonida "Ayollar daftari" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu xonadonning 2 ta xonasi polati va shifti toʻliq taʼmirlab berilgani koʻzdan kechirildi.

Muloqot davomida fuqaroga tomorqadan samarali foydalanish, foydali mehnat bilan shugʻullanish va oilaviy daromadni oshirish muhimligi tushuntirildi.
Shuningdek, mahalla faoliga mazkur oilani boqimandalik kayfiyatidan chiqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy faollikka yoʻnaltirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1