AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari o‘rganilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovicha hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida mahalla ichki ko‘chalarining holati bo‘yicha bildirilgan murojaatlar inobatga olinib, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari boshlandi.
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.
Murojaat — e’tiborda, muammo — yechimda!