Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov, deputat I.Azimov hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda 53-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabga yetkazib berilgan ko‘mir yoqilg‘isining mavjudligi va saqlanish holati, shuningdek, mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 2